100 marta taloq qo‘yish
Assalomu alaykum! Meni ismim Ikromjon, yoshim 39da. Uylanganimga 2 yil bo‘ldi. Xozirda 1,5 yildan beri safardaman. Ayolimga jaxl ustida internet orqali va o‘zining telefon raqimiga talok qo‘ydim deb 100 marotaba yozib yubordim. Taloq tushadimi? Agar tushsa bu 1 talok deyiladim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ayolingizga uch taloq tushgan. Qolgan 97tasiga qiyomatda javob berasiz. Uch taloqning hukmi haqida "Baxtiyor oila" kitobida quyidagicha kelgan: O‘zi uch taloq qilgan ayol.Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 171 | Administrator