Bir marta aytilgan taloq bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Yoshim 23 da, 2 nafar farzandim bor. Erim bilan juda ko‘p janjallashib turamiz. Rosti erim juda xarakteri og‘ir, bir birimizni tushunishimiz juda qiyin. Xar doim ko‘nglini olishga xarakat qilsamda biror narsadan urush chiqarishga xarakat qiladi. Juda dangasa, bolalarini, uyini o‘ylamaydi. Qarzlari juda ko‘payib ketgan. Doim tillalarimni sotib qarzlarini berganmiz. Kecha uydagi pullarni olib qarzini bermoqchi edi, bermadim. Bermaganim uchun menga “sen taloqsan” dedi. Nima qilishni bilmayapman, menga taloq tushdimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushgan, aybingiz yo‘q. Aslida ayollar erlarini tanbal, dangasa qilishayapti. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar