Zakotni ramazon oyida kechiktirib berish mumkinmi?
Assalomu alaykum! Menga zakot berish farz bo‘lganiga 3 yil bo‘ldi. Pulim nisobga etganiga ilk marta 1 yil to‘lganda, qaysi oyga to‘g‘ri kelganini eslay olmayman. Taxmin qilib, o‘tgan 2 yil davomida zakotni ramazon oyida berib keldim. Agar menga zakot ramazondan oldin farz bo‘lgan bo‘lsayu, men eslay olmaganim tufayli ramazon oyida berayotganim uchun (ya’ni kechiktirib berayotganim uchun), haqdorlarning haqini o‘zimda ortiqcha vaqt ushlab turganim uchun gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? 2) Agar gunohkor bo‘lish ehtimolim bo‘lsa, har yil ramazon oyida zakot berayotganimda, zakot miqdoriga ma’lum bir qiymat qo‘shib bersam (ya’ni zakot berishning kechikishini o‘rnini qoplash uchun), mendan ehtimoliy gunoh soqit bo‘ladimi? Qo‘shimchasiga, ramazon oyida farz amallar savobi 70 barobar ziyoda qilib beriladi deb eshitganim uchun, shu oyda berib borgim kelayapdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Gunohkor bo‘lmaysiz. 2). Shu ishingiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:08 | Savol-javoblar | 165 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Gunohkor bo‘lmaysiz. 2). Shu ishingiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:08 | Savol-javoblar | 165 | Zakot