Burunga doris sepish

Assalomu alaykum! Meni allergiyam bor burnimni ichida ishib bitib tez-tez bezovta qilib turadi va shunda dori sepib turaman, dori lekin tomog‘imdan o‘tmidi, o‘tsa bilinadi, bir domla masjid imomi aytgan edi ro‘zador odam burunga dori sepsa bo‘ladi deb, kegin sizlar bergan javobda sepish mumkin emas diyilgan ekan endi tutgan ro‘zalarim nima bo‘ladi? Qazosi tutiladimi yoki qasddan buzgan bo‘lib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dori tomizsa yoki sprey sepilsa ro‘za ochiladi. Siz xuddi sovunga o‘xshab burun teshiklariga surtsa dimog‘ini ochadigan dori bor o‘shandan foydalaning. Agar topa olmasangiz tomizadigan doringizni biror latta yoki salfetkaga tekazib, burunning ichga surtib yuborsangiz ham dimog‘ingizni ochadi. Agar bunda ham ochilmasa, ro‘zani ham tuting, ehtiyotan fidyasini ham bering. Avvalgi buzilganlarni qazosini tutib berasiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 156 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar