Ro‘zadorlik
Assalomu alaykum! 15-16 yildan beri dorixonada ishlayman. Dorixonada spirt sotish xakida shayx xazratlarini ma’ro‘zalarini eshitgach bir necha yildan beri ichadigan inson (kup yildan beri ishlaganim uchun 90-95 % xolatda adashmayman manimcha) deb taxmin kilsam "spirt kolmagan" deb yolg‘on gapirib (gapni chuvalashtirmaslik uchun, chunki sizga sotmayman desam janjal va konfliktlar ko‘payib ketadi) klientni qaytaraman. Bu yolg‘onimni qanchalik gunoxligini bilmayman, lekin ichuvchilarga ataylab spirt sotib gunox qilgandan ko‘ra shunisi ma’qul bo‘lsa kerak manimcha. Savolim shuki ramazon oyida inshaollox ro‘za tutaman va yuqoridagi kabi xolatda yolg‘on gapirsam ro‘zam buzilib qolmaydimi? Shu savol meni oxirgi yillarda qiynab keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on tufayli ro‘za ochilmaydi, ammo savobi ozayadi. Ichishini aniq bilib sotsangiz gunohkor bo‘lasiz. Ochiq-oydin "sizga sotmayman, bu tibbiyot uchun ishlatishga" deb aytish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 03:50 | Savol-javoblar | 150 | Ro‘za