Shayton vasvasa qilish

Assalomu alaykum! Inson katta gunohni qilib yurib, keyin tashlasa, uni shayton qattiq vasvasa qilishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin. Bu shaytonning eng katta qurollaridandir. U insonga avvalda qilgan gunohlarini eslatib, ruhan ezishga harakat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Tavba qilgan kishi gunoh qilmagan kishi bilan barobardir” deganlar. Shuning uchun tavba qilish kerak va qolganiga umuman e’tibor bermaslik kerak. Gunohlarni eslab o‘tiraverish Alloh taoloning har qancha bo‘lsa ham kechirguvchi – degan sifatini qadrlamaslik bo‘ladi. Ko‘rmaysizmi, bir insonga xato qilib qo‘yib, 2-3 bor kechirim so‘raganingizdan keyin yana kechirim so‘rasangiz “nima men senga oddiy xatoingni kechirmaydigan, qalbi fasodga to‘la insonmanmi” deydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 20:23 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar