Qabrni uch marta aylandim

Assalomu alaykum! Men o‘tgan yaqinlarimni ziyorat qilish, xaqlariga duo qilish uchun qabristonga bordim. Salom berib, qabrni uch marta aylandim. Bu jarayonda shu qabr egasi xaqida, bir kuni men xam shular qatorida bo‘laman deb o‘yladim. Yig‘ladim xam. Bu aylanishni men ko‘pchilik shunday qilgani uchun kqabriston odobi yoki bir odat deb o‘ylab yurardim. Menda Allohning yagonaligiga va Muxammad solAllohu alayxi vassalam uning rasuli ekanligiga qarshi biror fikr xam bo‘lmagan. Xozir esa Alloh taoloning g‘azabidan qo‘rqib ketyabman. Axir amallar niyatlarga ko‘radir deyilganku. Meni qilgan ishim shirkmi, dindan chiqdimmi? Agar shirk bo‘lsa butun umr tavba qilib o‘tishga xam tayyorman, Alloh kechiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shirk deb bo‘lmaydi. Ammo qabrni uch marta aylanishingiz mutlaqo noto‘g‘ri ish. Tavba qiling, boshqa bunaqa qilmang. Inson hayotida bo‘lgan va bo‘ladigan har bir holatni shar’iy hukmini o‘rganishi farzi ayndir. Xoh u ibodat bo‘lsin yoki tijorat bo‘lsin yoki muomala bo‘lsin yoki boshqa ijtimoiy ishlar bo‘lsin. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar