It tekkan suv
Assalomu alaykum! Go‘shtni tandirda pishirishadi, hushboy bo‘lishi uchun (balki boshqa sababi bordir bilmadim) archa tanasining barglarini quritilganini suvga solib qo‘yib, keyin go‘shtni ustiga qo‘yib go‘shtni pishirishadi. Ana shu archa tanasi solib qo‘yilgan suvdan it kelib suv ichsa keyin o‘sha archa qo‘shib pishirilgan tandir go‘shtini eyish joizmi? It suv ichgan chelakdan suvini to‘kib chelakni yuvmasdan boshqa suv solib, o‘sha suvga qo‘l yuvib ovqat qilinsa shu ovqatni eyish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! It chelakdagi suvdan ichsa u suv najas bo‘ladi. Archa yaproqlari o‘sha suvni o‘ziga shimib go‘shtga o‘tkazgan bo‘lsa u go‘shtni eyish joiz emas. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2023, 19:23 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom