Diniy bilim olishdani to‘siqlar
Assalomu alaykum! Meni yoshim 22da, namozlarimni vaktida ado etishga xarakat kilaman doim. Sizlarning saytingizni xam kuzatib o‘qib yuraman. Alxamdulillax Allohim qalbimga arab tilini o‘rganishni va diniy bilimimni kengaytirishni soldi. Maxallamizda Qur’on karimni o‘qishni o‘rgatadigan otin oyi bor xo‘jaynim ruxsati ila ularnikiga kirib bilim olmoqchidim. Lekin qaynonam qattiq qarshi, xali yoshsiz va arzimagan sabablarni keltirib qarshilik qilib xo‘jaynmmga xam kirgizma debdi. Men aytdim xamma ishlarimni qilib faqat bo‘sh payt bo‘lganda 2 yosh bolam bor uni uxlatib obed paytida kirib tushinmagan joylarimni so‘rab chiqaman xolos desam xam qarshi. Xo‘jaynim muallimi soniy 30 porasi bilan degan sabzirang kitob xam olib bergandi o‘shandan o‘rganmoqchiydim. Maslaxat bering qattiq dilim og‘ridi qaynonamga Alloh kifoya qilsin qarshiligi uchun dedim ichimda. Men qanday yo‘l tutay o‘g‘lini xam qarshi qilyaptilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytmangda. Hozirda o‘rganishni yo‘llari ko‘p. Qaynonangizni qarshiligi hech qanaqasiga to‘siq bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytmangda. Hozirda o‘rganishni yo‘llari ko‘p. Qaynonangizni qarshiligi hech qanaqasiga to‘siq bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:36 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar