Sahih va nosahih hadis

Assalomu alaykum! Biri hadisga oid. Mahmud Qoshg‘ariyning " Devoni lug‘otit turk" asarida quyidagi ma’lumot bor ekan : " Mahmud Qoshg‘ariy yozishicha Qoshg‘arlik imom Shayx Husayn ibn Xalafga Ibn al Farg‘iy degan odam unga Shayx Abu Bakr Mufidning oxir zamon haqida kitobida keltirilgan payg‘ambar haqidagi bir hadisni so‘zlaydi. Bunga ko‘ra Olloh “ mening bir toifa askarim bor, men uni kun botishga joylashtirdim, ularni turk deb atadim, biror xalqdan g‘azablansam ularni yo’llayman” deb payg‘ambarga aytgan ekan. Bu hadis sahih yoki nosahih ekanini qanday aniqlasa bo‘ladi? 2). Ma’lumki islom dini va qonun qoidalari VII asrda paydo bo‘ldi. Bu qoidalarga ko‘ra islom dini haq din va unga kirib to‘g‘ri amal qilganlar jannatga kiradilar ammo bu dinga bilib turib kirmaganlar do‘zaxiy bo‘ladilar. Islom paydo bo‘lishidan oldinroq yashab o‘tganlar jannat yoki do‘zaxga qanday taqsim etiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu hadis sahih emas. 2). Shirk keltirgan holda o‘tganlari do‘zaxda bo‘lishadi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 192 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar