Erimni bu gapi bilan nikox buzilganmi

Assalomu alaykum! Sizlarning kanallariz orqali ko‘p bilmaydigan narsalarimni o‘rgandim. Ulardan bir “Alloh harom qilgan narsani halol desa dindan chiqadi va nikohina yangilab olishi kerak ekan”. Yangi olia qurganimizda erim shunga o‘xshash gap aytgandilar. Ya’ni “beva ayolga yordam bersa va uni jinsiy extiyojini qondirsa bo‘ladi” mazmundagi gap. O‘zi yaqinda taloq tushganligi uchun nikohimizni yangilab olgan edik. Savol:1. Beva ayolni jinsiy extiyojini qondira bo‘ladi degan gapga dindan chiqadi nikoh buziladi, lekin ayolga taloq tushmaydimi? Taloqni 2 tadan ortiq aytsa nikoh boshqa bog‘lanmaydi. Bizning holatimizda 1 ta imkoniyatdan faydalanganmiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushmaydi. Yana ikkita imkoniyatlaringiz bor ekan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar