Ilmsizlik
Assalomu alaykum! Uzr savolim chala ketib qoldi. Bugun biroz vaqt topib davomini yozayapman. Xullas to‘ydan keyin turmush o‘rtog‘imni namoz o‘qimasliklari, aroq ichib, boshqa qizlar bilan gaplashib yurishlarini bildim lekin u kishini hurmat qilib xizmatlarini bajarib keldim. To‘g‘ri gunoh ish qilganlarida ichimdan qattiq xafa bo‘lardim ammo bu bilan u kishiga xurmatsizlik qilganim yo‘q. O‘zim oliy ma’lumotli "bolalar nevrolog" shifokoriman. To‘ydan oldin ham namoz o‘qib, ro‘za tutardim, Qur’onni o‘zim o‘rganib (tajvidsiz) o‘qib yurardim. Keyin turmushga chiqib umr yo‘ldoshimni bosimlari bilan hammasi qolib ketdi (uyda janjal bo‘lmasin deb). 3 yil bo‘ldi Qu’ron kursida o‘qib, Qur’onni tajvid bilan oqib va yod ola boshladim, ro‘mol bilan yurishni, namozlarimni qoldirmay o‘qishni boshladim Alhamdulillah. Endi internetdan, kitoblardan, savol-javoblardan ko‘p narsalarni o‘rganib o‘tgan umrim davomida qilgan ba’zi ishlarim gunoh emasmikan deb, bundan keyin shunaqa vaziyat bo‘lib qolsa qanday yo‘l tutishim kerak, deb sizlarga savol berayapman. Turmush o‘rtog‘imga kelsak u kishi ham oliy ma’lumotli harbiy. Dinni yomon ko‘rishlariga kelsak bunga ham internet sababchi; M: u kishi internetda "el-tuz", "bbs uzbek", "xalq noroziligi", "xaqiqat va taraqqiyot" kanallarini, Namoz Normo‘min, Xidirnazar Olloqulovga o‘xshagan xalqda davlatga nisbatan norozilik, noshukurlik kayfiyatini uyg‘otadigan din arboblari va ahli ilmlarimizni yomon ko‘rishga sabab bo‘ladigan materiallarni ko‘rib kuzatib boradilar. Keyin menga sani mullalaring unaqa qilgan, musulmonlaring bunaqa qilgan, shayxing munaqa deb gapiradilar. Men esa imkonim boricha diniy masalada gapirmaslikka harakat qilaman. Baribir mani tushunmaydilar. Lekin diniy ulamolarimiz uchun ham men gap eshitaman. M: X.O. partiyalari haqida Abror M Aliy domla, Rustamjon, Shukrullo va b. domlalarimiz gapirib chiqibdilar buni orqasidan menga gapirdilar "saroy mullalari" dxxni ...lari sani imomlaring shunday debdi va h... ; Menga o‘zimni ba’zi vaziyatlarda bundan keyin qanday yo‘l tutishni maslahat beradigan ahli ilm zarur. M: turmush o‘rtoģimni jo‘ralari bilan oilaviy bordi-keldi qilib turamiz, ko‘pincha erkak-ayol xamr ichishadi. Shunday vaziyatda men endi nima qilay qizlarim va o‘g‘lim katta bo‘lib qoldi bu o‘tirishlar ularni tarbiyasiga salbiy ta’sir qilmaydimi? Meni xamr ichiladigan davrada o‘tirishim, ularga xizmat qilishim bilan ularni gunohiga sherik bo‘lib qolmaymanmi? Yoki yaqinda menga kreditga yangi tel. olsak, san qiziqmaysanam qaerda arzon kredit bor dedilar, men esa dadasi kredit olish gunoh ekan hozir tel.miz borku desam shuncha odam olayapdi san ham olsang hech nima qilmaydi, shu davlatga yashaganingdan keyin olasanda dedilar nima deb javob berishni bilmay indamadim. Shunaqa vaziyatlarda menga maslahat beradigan odamim yo‘q. Balki men adashgan bo‘lsam o‘zimni isloh qilay, agar umr yo‘ldoshim xato qilayotgan bo‘lsalar qanday gunoh qilmay murosa qilay? Farzandlarim halol-harom, gunoh-savob tushunchalari bilan ulg‘aysa deyman. Chunki kelin bo‘lib tushgan xonadonimda birovni haqqi, gunoh degan tudhunchalar yo‘q. Bularni so‘rashga mani hech kimim yo‘q Shu sababli sizlardan sekin-sekin so‘rab borayapman. Javoblaringiz uchun rahmat. Tuhunmovchilik uchun mani kechiring.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol amallar qilib halol yashashga harakatda bardavom bo‘ling Alloh qo‘llasin. Eringizga insof berib ibodatga kirishini nasib qilsin. To‘g‘ri yo‘lniy diniy so‘zlar bilan emas omma tilida qilib gapirib nasihat qiling. Muslimaat.uz saytiga kirib maslahat olib turing. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol amallar qilib halol yashashga harakatda bardavom bo‘ling Alloh qo‘llasin. Eringizga insof berib ibodatga kirishini nasib qilsin. To‘g‘ri yo‘lniy diniy so‘zlar bilan emas omma tilida qilib gapirib nasihat qiling. Muslimaat.uz saytiga kirib maslahat olib turing. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar