Qarz undirish masalasi
Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati Ikki yil oldin bir inson mendan bir mahsulot berish sharti bilan pul olgan edi. Lekin u inson va’dasini ustidan chikmadi maxsulotni bermadi va mendan qarz bo‘ldi. Shundan keyin u odamni uyiga qayta-qayta qatnadik (80 km uzoqlikda uyi), ota-onalari va aka-ukalariga uchradik natija bo‘lmadi. Bu vaqt oralig‘ida u inson ya’na 3 kishidan qarz buldi. Bir ish qilaman deb pul olgan u ishi xam yurishmadi. Istixora qilib tegishli idoraga ariza bilan chiqdim va u insonga jinoiy ish ochildi. Jinoiy ish ochilgandan sung uyimi sotib beraman dedi. Uyini imorati ko‘p bemalol xamma xaqdorlarini rozi qilgani etadi va uziga sal kichikroq uyi olishgayam etadi! Sud kunigayam yaqin qoldi. Uyini sotgani yuk. Qamalib chiqib xaqqingizni echaman degan fikrda u inson. Endi men qozi orqali bu qarzni shar’iy xujjat bilan xam rasmiylashtirish kerak mi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Guvohlar ishtirokida o‘rtangizdagi qarzni yozma shaklda yozib qo‘ysangiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Guvohlar ishtirokida o‘rtangizdagi qarzni yozma shaklda yozib qo‘ysangiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat