Otadan qolgan uyni sotish

Assalomu alaykum! Biz oilada 5 ta qiz farzandmiz, hammamiz oilalimiz, otam va onam yolg‘iz yashashardi, 8oy oldin otam vafot etdilar, onam katta hovlida yolg‘iz yashayaptilar. Xozirda onamning sog‘liqlari yahshimas, kuyovlar ichkuyov bo‘lishga rozi bo‘lmadilar, xovlini sotib onamga qulay sharoitli dom olib bermoqchi bo‘ldik, opam janjal qildi otamni xotirasini buzamizmi deb. Savolim shuki otadan qolgan uyni sotsa, otani ruhi bezovta bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu merosxo‘rlar orasida hal qilinadi. Agar meros taqsimlanmagan bo‘lsa shariat hukmi bo‘yicha taqsimlash kerak bo‘ladi. Uyni sotib boshqa uy olsa ruhi bezovta bo‘ladi degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar