G‘azab

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savol-javoblar sahifasida bir birodarimizni savollariga javob beribsizlar. Unda mo‘min kishi hatto zotida kofir bo‘lsa ham jirkanmasligi kerak ekan. Men ichuvchi, namoz o‘qimaydigan, zinokor, qimorboz odamlarni ko‘p uchrataman. Sir emaski ularni hammasi yaqinlarim! Lekin men uchun Alloh taoloni aytgani birinchi o‘rinda turadi! Shu sabab Alloh harom qilgan narsalarni va ishlarni doimiy qilib yuruvchilarga nisbatan qalbimda g‘azab va adovat uyg‘otmasligim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunibsiz. Biz javobda “insonning zotidan nafratlanish joiz emas, balki uni qilib yurgan fisq, fujur, kufr kabi sifatlaridan nafratlanish kerak” – deb javob berganmiz. Nafratlanishni ham shariat doirasida qilishingiz kerakligini aytib o‘tgan edik. Qalbingizda ularga nisbatan Alloh ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlashiga xayrixohlik bo‘lsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar