Hojatxona va taharot qilish haqida savollar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hojatxonada katta yo kichik xojat qilinganidan so‘ng uni qog‘oz bilan artgandan keyin xojatxonani o‘zida suv bilan yuviladimi? 2). Agar hojathonada katta kichik xojat qilinsa va najosat qolgan bo‘lsa uni namozga taxoratga niyat qilinib birinchi qo‘ldan boshlab yuviladimi yoki xojatdagi qolgan najasotni yuvishdan boshlanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Yuvish mustahab amal.
2). Najosat qog‘oz bilan tozalangach tahoratni qo‘lni yuvishdan boshlab ketish ham joiz. sahobalar bir necha yillar kesak bilan tozalanib tahoratni qo‘lni yuvishdan boshlab ketaverganlar. Yuvish zarar qilmasa yuvishi afzal. Chunki Alloh taolo “Tavba” surasida فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُواْ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ۝ 108....Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevadir – deb marhamat qilgan. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi: رَوَى ابْنُ مَاجَهْ وَالْحَاكِمُ وَالْبَيْهَقِيُّ عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَنَّ هَذِهِ الْآيَةَ نَزَلَتْ  رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَن يَتَطَهَّرُواْ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُطَّهِّرِينَ ، قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ   :يَا مَعْشَرَ الْأَنْصَارِ، إِنَّ اللهَ قَدْ أَثْنَى عَلَيْكُمْ فِي الطُّهُورِ، فَمَا طُهُورُكُمْ؟ قَالُوا: نَتَوَضَّأُ لِلصَّلَاةِ، وَنَغْتَسِلُ مِنْ الْجَنَابَةِ، وَنَسْتَنْجِي بِالْمَاءِ. قَالَ: فَهُوَ ذَاكَ، فَعَلَيْكُمُوهُ  Ibn Moja, Hokim va Bayhaqiy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevadir», oyati nozil bo‘lganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ey Ansoriylar jamoasi! Alloh sizlarni poklikda maqtadi. Sizning pokligingiz nimadir?» dedilar.
«Namozga tahorat qilamiz. Janobatdan g‘usl qilamiz. Suv ila istinjo qilamiz», deyishdi.
«Mana shu ekan-da! Uni mahkam tutingiz!» dedilar».
Agar u maxrajdan bir dirhamdan ko‘proq tar­qalgan bo‘lsa, undan istinjo qilish vojibdir.
Chunki bir dirham afv qilingan miqdordir. Undan ziyodidan poklanish, albatta, vojib bo‘ladi.
Qo‘lini yuvgandan keyin maxrajini mubolag‘a ila bo‘shashtirgan holda, barmoqlarining ich tarafi ila uni yuvadi.
Maxrajdagi najasni yuvishdan oldin qo‘lni yuvish u tozalanish asbobi bo‘lganidandir. Maxrajni bo‘shashtirish ila uning hamma joylaridagi najosatni yuvish osonlashtiriladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 164 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar