Jahriy o‘qiladimi?

Assalomu alaykum! 1. Jahriy o‘qilishi mumkin bo‘lgan namozlarning (bomdod, shom va xufton) bir necha yillik qazolari o‘qib borilayotganda, ushbu namozlar maxfiy o‘qiladimi yoki jahriy o‘qisa ham bo‘ladimi? 2. Hamda barcha maxfiy namozlarda va jahriy namozlarning uchinchi yoki to‘rtinchi rakaatlarida (shom va xufton) namoz orasida, ya’ni rukndan ruknga o‘tayotganda aytiladigan takbirlar va ruku’dan qaytayotganda va qaytgandan keyingi kalimalar (bunda yolg‘iz o‘quvchi nazarda tutilmoqda) jahriy aytilsa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qazo namozni yakka o‘zi o‘qiyotganda maxfiy qiroat qilishi shart.2). Bo‘lmaydi. Faqat o‘zi eshitadigan qilib aytadi.
Imom namozga kirishgani va rukndan-ruknga o‘tganini bildirish uchun hojat miqdoricha takbirlarni jahriy aytish (sunnatdir). Tasmi’ va salom ham shunday. Muqtadiy va yakka o‘quvchi esa o‘ziga eshittiradi xolos. (Roddul muhtor). Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 16:51 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar