Namozdan keyin joyni o‘zgartirish

Assalomu alaykum! Jamoat bilan farz namozi o‘qilganidan keyin, namozxonlar joylarini o‘zgartiradilar. Bu ba’zan ketma-ket keladigan sunnat namozlarda ham uchraydi. Misol peshinni 4 rakat sunnatini kech qolib farzdan keyin o‘qilganda ham. Mana shu holat  biron hukm orqali amalga oshiriladimi yoki bu shunchaki namozxonlarning ixtiyorlarimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu mustahab amal. Jamoat katta bo‘lgan joylarda, xususan juma namozida o‘zgalarga halal beradigan holatlarda o‘zgartirmay qo‘yilaveradi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ :" أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ إِذَا صَلَّى أَنْ يَتَقَدَّمَ أَوْ يَتَأَخَّرَ عَنْ يَمِينِهِ أَوْ عَنْ شِمَالِهِ يَعْنِي السُّبْحَةَ . رواه أبو داود وابن ماجه Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Nabiy sollallohu alayhi vasallam : Birortangiz namoz o‘qiganida (namozni tugatgach keyingi namozga) o‘ng yoki chap tomoni yoki orqa va oldiga o‘tishdan ojiz bo‘ladimi” dedilar. Abu Dovud va Ibn Mojalar rivoyati. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 191 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar