Avlodlardan namozxonlar chiqishi uchun
Assalomu alaykum! Oilamizda bir o‘zim namoz o‘qiyman, boshkalari esa yo‘q. Shuning uchun biron bir zikr yoki salovat o‘rgatsangiz shunday qilsam bizlarni oila va zurriyodlardan ham namozxonlar chiqsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Ibrohim" surasida marhamat qiladi: رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلاَةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاء 40. Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul etgin.
Ibodat paytida yana ibodat uchun Allohdan yordam so‘rash ibodatning bardavom bo‘lishida Allohning O‘zidan yordam so‘rashni anglatadi. Allohning duolarni qabul etuvchi Zot ekanini zikr qila turib, yana duoni qabul etishini so‘rash biror to‘siq bo‘lib qolmasin, degan xavfni anglatadi.
Kelasi oyat ila Ibrohim alayhissalomning duolari so‘ngiga etadi. رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ 41. Robbimiz, hisob qilinadigan Kunda meni, ota-onamni va mo‘minlarni mag‘firat aylagin». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:08 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush