Sherikchilikga oid masala
Assalomu alaykum muhtaram Shayh hazratlari.Sherikchilikka oid bir masalamiz bor edi.Qo‘ldan kelgancha izlandik,kitob varaqladik,ammo baribir biroz ikkilanib turipmiz sherikchilikni boshlashga,sizni maslahatingizni olishni lozim tutdik.Hullas savolimiz quyidagicha ,bir kishini kichikroq yurib turgan oshhonasi bor,ayrim sabablarga ko‘ra oshhona egasini moliyaviy holati yahshi bo‘lmay qolgan,bir oz qarzlari ham bor.Bunday moliyaviy muammolarni hal qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ zarur bo‘lib turibdi,yani oshhonani yana yahshi holatga qaytarish uchun.Oshhona egasiga boshqa bir kishi tomonidan mablag taklif qilinyapti sherikchilik uchun.Lekin taklif qilinayotgan mablag oshhona egasining oshhonaga sarflagan mablag‘idan 3-4 barobar ozroq. Ammo taklif qilinayotgan summa oshhonani hozirgi holatini ancha yahshilashga etadi.Mana shu holatda sherikchilikni amalga oshirsa bo‘ladimi? Agar bo‘lsa qanday sherikchilik bo‘ladi.Muzoraba qilish kerakmi,yoki mushorakami,yoki yana boshqacha turi bormi sherikchilikni? Va foydani qanday taqsimlasa bo‘ladi, tikilgan pulni miqdoriga qarabmi yoki o‘zaro kelishuvga binoanmi?Iltimos ushbu masalani yoritib bersangiz.Savolimiz cho‘zilib ketgan bo‘lsa uzr so‘raymiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ilmli kishi ishtirokida shartnoma tuzib, guvohlar oldida imzolanglar. Bu internetda hal qilinadigan ish emas.
2 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 181 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ilmli kishi ishtirokida shartnoma tuzib, guvohlar oldida imzolanglar. Bu internetda hal qilinadigan ish emas.
2 May 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 181 | Islam