Otasi haqqiga voyaga etmagan farzandi ehson berishi
Assalomu aleykum. Yaqin do‘stim olamdan o‘tdi. Do‘stimdan ayoli va ikki o‘g‘li qoldi. Hayotida tadbirkor bo‘lgani uchun oilasi uchun qoldirgan mulki ko‘p. Rahmatlik do‘stimning farzandlari hozirda biri institut talabasi, ikkinchisi kollej o‘quvchisi, hech qaerda ishlashmaydi va hali uylanishmagan. Rahmatlik do‘stimning farzandlari otasining haqqiga duo so‘rab ehson qilishlari va shu ehsonda dasturxonga tortilgan taomlardan iste’mol qilish bizlar uchun joizmi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizni gapingizdan ikkisi ham balog‘atga etgan. Bunda etim hisoblanishmaydi. Ayoli va ikki o‘g‘li roziligida qilingan ehsonni qilish joiz. Mabodo do‘stingizni ota-onasi bo‘lsa merosdan ularni ham haqqi bo‘ladi. Ehson qilishdan avval har birining haqqini taqsim qilib berish shart. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar