Namoz va ish

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, hozirgi kunda ko‘pchilik ish bilan namozni birga bog‘lay olmaydi, ayrimlarda ishxonadigi raxbariyat yo‘l qo‘ymaydi, ayrimlarda jismoniy imkoni yo‘q, ya’ni ish paytida namoz o‘kishga ishi yo‘l qo‘ymaydi, joyida o‘tirishi kerak, bo‘sh vakti yo‘q. Savolim shundan iboratki shu xolatda qanday yo‘l tutish kerak? Ishdan bo‘shab o‘z vaqtida ibodat qilishga imkon bo‘lgan ish qidirishmi yoki kechki payt uyga qaytganda qazo namozini o‘qishmi, agar o‘z vaqtida ibodat qilishga imkoni bor ishni topa olmasa qanday yo‘l tutishi, shu xolatlarda nima qilsa to‘g‘ri bo‘lishini aytsangizlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo insonni toqatidan tashqari narsaga buyurmaydi. Inson astoydil Alloh taolodan so‘rasa har qanday joyda ham namozga imkoniyat yaratib qo‘yadi. Hech bo‘lmasa farzini o‘zini ham o‘z vaqtida ado qilish shart. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 134 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar