Nikox qilishda guvohlar

Assalomu alaykum! Ayolim bilan kelisholmay janjallashib qolib 1 taloq bergandim. Keyin oradan taxminan 3-4 kun o‘tib yarashib qayta nikox o‘qitib olgandik. Shu ayolim bilan 2-marta nikox o‘qitishda xam guvoxlar 2 ta erkak yoki 1 erkak 2 ayol bo‘lishi kerakmi? So‘ramoqchi bo‘lganim meni guvoxlarim 1 erkak (ya’ni domlani o‘zini guvoxligi) va 1 ayol (ammam) bo‘lishgan. Nikox o‘qishdan oldin domlaga guvoxlikka odam chaqiraymi desam domla qayta nikox o‘qishga shu guvoxlik etarli degan va nikox o‘qilgan. Shu nikoxim bog‘langan xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bergan talog‘ingiz birinchi yoki ikkinchi taloq bo‘lib, u raj’iy taloq bo‘lsa va idda tugamay ayolingizni qaytarsangiz nikoh o‘qitish shart emas. Agar idda tugab yoki taloq boin bo‘lgan bo‘lsa unda nikohni qayta o‘qiladi va hamma shartlari topilishi shart shu qatorda guvohlar ham. Siz bir taloq rajiy qilgansiz, shuning uchun o‘sha kifoya. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 187 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar