Turmush qurishiga ota qarshilar
Assalomu alaykum! Men bir qizni 3 yildan buyon sevaman, unga uylanmoqchi bo‘lib otamga u xaqida aytganimda uni onasi yaxshi inson emas deb rozilik bildirmadilar. Uni onasi bilan otam birga ishlab ish yuzasidan janjallashib qolishgan. Sabab shumi deb o‘ylab indamadim, suyanuvchi onam olamdan o‘tganlari uchun otamga xech nima deya olmadim. Xamma rozi otamdan boshqa, yaqinda bir tanishim otangni o‘sha oilaga nisbatan isitgin dedi. Men borib so‘rasam bu gunoh emas 1-2ta duolarni qandga o‘qib otang shundan esinlar dedi. Endi bundan afsuslanib qo‘rqyapman, islomda o‘z baxtiga etishish uchun ota yoki onasini rozi qilish uchun shunday yo‘l tutish joizmi? Yoki gunoxmi? Agar men gunox ish qilgan bo‘lsam qanday qilib poklansam bo‘ladi? U qiz judayam yaxshi va diyonatli boshqa begona qiz bilan yashagim kelmayabdi maslaxat bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hamma narsa ham o‘z chegarasida bo‘lishi kerak. 1-2ta qandga dam solish bilan ish bitaversa bitmagan ishni o‘zi qolmagan bo‘lar edi. Aqlni bekorga berilmagan, o‘sha dam soluvchida shunchalik qobilyat bo‘lsa birorta ham orzusi qolmaganligini ko‘rgan bo‘lar edingiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:25 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar