Kelinga ruxsat berish
Assalomu alaykum! Avvalo vaziyatni tushuntirsam. Ota ona xaqlarini yaxshi tushunaman ammo oilada ba’zi xolatlar bo‘ladi yani... bizni uyda kelinlar ota-onasidan telefon orqali xol-axvol so‘rash uchun xam qaynonadan ruxsat so‘raladi erining ruxsati axamiyatsiz. Va yana ayoli xomilador paytida bir narsani eyishni xoxlasa eriga aytsa qaynonani bundan g‘azabi qo‘ziydi va bu uyda men qayonanamanmi mendan so‘raladi xamma narsa deydi. Ba’zida egisi kelgan narsalarni qaynonaga aytish xijolatli agar eri olib kelsa janjal bo‘ladi "er xotin tiling bitta qilib ish bajarishyabsan" deb urushadi. Vaxolanki er xotini egisi kelgan narsalarni xamma uchun olib dasturxonga olib kelib oila davrasiga qo‘yadi shunda xam janjal. Shuning uchun ba’zida ota eshimga 1 oyda bir borib onamga aytaman egim kelgan narsani. Endi savol: Ayolga javobgar shaxs sifatida er kishi deb bilaman shundan kelib chiqib kelin oiladagi ikir chikirlargacha qaynonasidan ruxsat so‘rash kerakmi? Erini ruxsati etarli bo‘lgan xolatlarda xam ota uyiga borish,ularga telefon qilish, kelinga biror narsa eri olib berishi bular xotin kishini eri tomonidan nafaqasi emasmi? Shularga xam qaynona roziligi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda hammaning haqqi va vazifa, majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Shariatga muvofiq siz eringizga itoat qilib, roziligini olishingiz kerak. Eringiz esa farzand sifatida ota-onasiga itoat qilib, roziligini olishi kerak. Siz har bir ishda qaynonangizga itoat qilishingiz shart emas. Ammo shariatdagi sizning haqlaringiz poymol qilinmagan holda, qaynonangizni aytganlarini eringizni roziligi uchun qilsangiz, bu muruvvat bo‘ladi. Buning mukofotini olasiz. Kelajakda sizga ham kelinlaringiz shunday muruvvat qiladi. Lekin sizning haqlaringiz buzilib, zulm qilinsa bo‘lmaydi. O‘zingiz va eringizning haqlari va vazifalarini yaxshi o‘rganib olishingiz uchun shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahallohning “Baxtiyor oila” kitoblarini olib o‘qing va unga amal qilishga harakat qiling. Sabrli bo‘lishga uriningyu Zero Alloh taolo sabrlilarni yaxshi ko‘radi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush