Otadan qolgan meros

Assalomu alaykum! Otamiz boqiy dunyoda rihlat qildilar, Alloh rozi bo‘lsin. Biz 3 ta aka-uka va 2 ta opamiz bor. Opalarimiz o‘z ulushlaridan rozi bo‘ldilar. Aka-ukalardan Alloh meni rizqimni kengroq qilib bergan, men ham o‘z ulushimdan rozi bo‘ldim. Dadamizga 2ta mashina va 1ta uy men olib bergan edim. Lekin u dadamizning nomlarida bo‘lmagandi. Uy oilamning nomida va mashinalar farzandlarimning nomida edi. Hozir qonuniy tomondan u narsalar mening nomimga o‘tib qolyapti. Akam va ukamga dadamning mulklari, o‘zingiz bo‘lib olinglar desam ular merosxo‘rdek bo‘lib olishlari to‘g‘rimi. Shariat jihatidan bu masalaga qanday qaraladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Meros masalalari jonli majlisda ahli ilm huzurida ko‘rilgani afzal. O‘zingizga yaqin erdagi meros ilmini puxta biladigan ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 15:26 | Savol-javoblar | 0 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar