duoda takdirni ozgarishi

assalomu alekum shayx xazratlari biz kitob okib tushunib etmagan joylarimizni sizdek olim odamlardan sorab organganimizga alloxga shukurlar bolsin endi sovolni bersam ! muxtaram shayx xazratlari bir xadista kelishicha inson 121kun bolganida allox taollo osha tugilajak bolani takdirini yani kachon tugiladi rizki kancha kachon vafot etadi kancha rizki bor shularni bitilar ekan va shu rizkidan bir miskolcha xam oshikcha va berilgan umridan bir laxza xam oshikcha yashamas ekan menda savol tugildiki demak duochi duo nima uchun kilinadi axir alloxdan biz ojiz bandalar kollarimizni ochib xojatlarimizni sorashimizni keragi yokmi baribir allox tamonidan takdir kilingan yani olchab koyilagan narsalarga etishamizmi ( MASALAN MEN FARZANT SORAB ALLOXDAN KEChALARI ALLOXGA YaRATUVChIMIZGA YoLBORIB SORASAM JUMA NAMOZLARIMIZDA JAMOATLARNI DUOLARINI OLIB SORASAM BARIBIR FOYDASI YoKMI BARIBIR MANGA BE FARZANTLIK YoZILGAN BOLSA ShU BOLADIMI ) MUXTARAM ShAYX XAZRATLARI AGAR TUShUNME SIZNI RANJITGAN BOLSAM MENI KEChIRIN ChUNKI ILM XAMMADA XAR XIL JAVOBINGIZGA MUShTOKMAN
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qazoi qadar Alloh taoloning O‘ziga xos narsa, bandaning daxli yo‘q. U Alloh taoloning ilmi cheksizligini bildiruvchi aqiydadir. Odamlarni ushlab turuvchi kuch emas. Banda Alloh taoloning buyrug‘ini bajarishi farzdir. Qazoi qadarni tekshirish va ro‘kach qilishi gunohdir. Jumladan duoni inkor qilish, Qur’oni Karim hukmini inkor qilishdir. Sizga tushunarli bo‘lishi uchun “Ayqiydai tohaviya sharhining talxiysi”dan iqtibos keltiraman. DUONING IJOBAT VA HOJATNING RAVO BO‘LIShI Alloh taolo duolarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi.Sharh: Jumhuri musulmonlar va boshqa dinlar ahllari ham duo manfaatni jalb va zararni daf qilish uchun eng kuchli sabablardan ekaniga ishonishadi. Alloh taoloning musulmon bo‘lsin, kofir bo‘lsin, bandasining duosini ijobat qilib, unga so‘raganini berishi, rizq va yordam berishi jumlasidandir. Imom Ibn Moja «Sunan» kitobida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kim Allohdan so‘ramasa, Ul zot undan g‘azablanadi», deganlar.Alloh taolo O‘zining olti sifatiga dalolat qilgani sababidan duo qilishga amr qilgandir: 1. Vujud (borligi). Chunki, yo‘qqa duo qilinmaydi. Undan bir or narsa so‘ralmaydi. 2. G‘aniyligi (boyligi). Chunki faqirga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so‘ralmaydi. 3. Eshituvchiligi. Chunki, karga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so‘ralmaydi. 4. Karam (saxiylik). Chunki, baxilga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so‘ralmaydi. 5. Rahmat. Chunki, rahmsizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so‘ralmaydi. 6. Qudrat. Chunki, ojizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so‘ralmaydi. Duoni inkor qiluvchi, ushbu olti sifatni inkor qiluvchidir. Undan g‘ofil bo‘lgan, olti sifatdan g‘ofildir. Foyda: Bilinki, sabablarga suyanib, duo qilmaslik, tavhiddagi shirkdir. Sabablarni butunlay tan olmaslik aqldagi nuqsondir. Sabablarni ishlatishdan yuz o‘girish esa, ishlarni sabablarga bog‘lab qo‘ygan shariatga ayb taqashdir. Tavakkul va umidvorlik tavhid, aql va shariat vojib qilgan narsalardan iboratdir. Sabablarga tavakkul qilib (suyanib) qolmaydi ham, ularni behudaga chiqarmaydi ham. Balki, Allohga tavakkul qilgan (suyangan) holda, sabablar Allohning irodasi va izni ila natijali bo‘ladi, deb harakat qiladi. Alloh taolo duolarni ijobat qilishiga dalil:«Va Robbingiz: «Menga duo qilinglar, sizga ijobat qilurman»-dedi». (G‘ofir: 60).«Qachonki, bandalarim sendan men haqimda so‘rasalar, bas, albatta, men yaqindirman. Duo qiluvchi duo qilganda duosini ijobat qilurman». (Baqara: 186).«Albatta ibodatimdan takabburlik qiladiganlar, tezda jahannamga bo‘yin eggan hollarida kirurlar». (G‘ofir: 60).Ibn Moja Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadis.

30 Aprel 2022, 10:22 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar