Aroq sotish gunohmi?

Assalomu alaykum! Men bir tadbirkor qo‘l ostida ishlayman. U erda spirtli ichimliklar sotib oylik maosh olib oila boqaman. Ko‘p insonlar bu ishim noto‘g‘ri ekanini aytishadi, ishlab topgan pullarimni uy ro‘zg‘oringa ishlatsang xarom xisoblanadi deb aytishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytishar ekan. Sizga barchamizni yaratgan Robbimiz, jannatga yoki do‘zaxga tushiruvchi va taqdiringizni hal qiluvchi buyuk Zot O‘z kitobi Qur’oni karimda harom qilganligi kifoya qilmaydimi? G‘azabiga duchor bo‘ladigan ishni qilayapsiz ekan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:07 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar