Ayolim meni uyimda yasholmayapti
Assalomu alaykum! Men 7 oy oldin hijopli, 5 vaqt namoz o‘qiydigan qizga uylandim, hozir ayolimning 6 oylik homilasi bor, shu homilador bo‘lgandan beri meni uyimda yasholmayapti, onasini uyiga qochip ketyapti. Uyda ota-onam va ukam singilllarim bilan yashaymiza. Uyim katta hovlili va xonaları ko‘p, hamma sharoit bor yangi qurilgan uy. Har doim ayolimdan nega uyimda qololmayapsan dep so‘raganimda kechalari uxlolmayapman, uyizda hotirjam yurolmayapman, namozlarimni hushu bilan o‘qiyolmayapman dep javop beradi. Domlalaga o‘qittik uyni ham o‘zimizni ham, lekin foydasi bo‘lmadi. Qachon ayolimga men bilan shu uyda yashash to‘g‘risida gapirsam, sizda ko‘nglim yo‘q, iloji bo‘lsa boshqa ayolga uylaning, men sizdan uzoqda yashashga roziman deyapti. Shunga men qanday qilip echim topsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishi homiladorlik paytida shunday ishlar bo‘ladi. Farzandini dunyoga keltirgach o‘tib ketadi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush