Ramazonda qazo namozlarini o‘qisa tezroq qutiladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men 11 yoshimdan namozni boshlaganman. To‘g‘rirog‘i dadam majburlab o‘qitgan akalarim hamamizni. Hozir 25 yoshdaman Allohga shukur hozir hayotda nima uchun yashayotganimni tushunib sabrim etguncha ibodat qilyabman. Alloh qabul qilsin. Lekin 15 yoshimgacha namozni dadamdan qo‘rqib o‘qirdim, dadam uyda yo‘q payti o‘qimasdim, ro‘zani ham shunday, dadamga o‘zimi ro‘zador ko‘rsatardim va yashirib eb ichib yurardim. Astag‘firulloh tovba qilganman. Men ramazon oyida farz amal bajarilsa 70 baravar yozilishini bilganimdan so‘ng ramazon oyida qazo namozlarimni o‘qidim. O‘zimcha 70 baravar bo‘lsa 15 yoshimgacha shuncha bo‘ladi deb. Shu o‘qiganim o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘tmaydi. Qazolarni birma-bir hammasini ado qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:17 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar