Farzand vafot etsa

Assalomu Alaykum Xurmatli Shayx xazratlari. Iltmos Sizdan bir savolimga javob bering, Men xotinim egizaklarga xomilador buldi. Bir kancha oylar utganidan keyin egizaklar tugilishidjan oldin xotinimning axvoli ogirlashib koldi. Duxtirlarga kursatdim ular xomilaning biri ona konida vafot etgan ikkinchisi tirik deyishdi, zudlik bilan jarroxlik amaliyotini amalga oshirish kerak deyishdi shunda onaning xayotini saklab kilish mumkin deyishdi, farzanlirim 7 oylik bulishiga bir necha kun kolgandi. Men va xotinim rozi buldik. Jarroxlik amaliyoti amalga oshirilyotganda birinchisi ulik edi ikkinchisi tirik edi lekin yiglamadi, sal-sal kimirlagan ekan, uni vakumga solib kuyishdi lekin 15-20 dakikadan keyin u xam vafot etdi ular ugil farzandlar edi. Ularning yuzlari kura olmadim, chunki kursam kuz oldimdan ketmay kolishar edi. Onam kurganida farzandlaring katta chakalok bulib kolgan ekan kor-kora sochlari usib kolgan ekan dedi. Onamning aytilari farzandliaring xur bulib ketdi ular tugri jannati bulishadi dedilar. Ular misoli farishta dedilar. Savolim shundan iboratki farzandlarim kiyomatda menga shafoatchi bulishadimi yukmi. Shunga aniklik kiritib bering ilimos Sizdan ALLOX Sizran Rozi bulsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Insha Alloh shafoatchi bo‘lishadi.

1 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 235 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar