Boshlig‘imiz qarshiligi

Assalomu alaykum! Bizning boshlig‘imiz ish joyimizda namoz o‘qishimizga qarshi bo‘ladilar. Ammo ochiqdan ochiq namoz o‘qimanglar demaydi. Jumaga xam 13:00ga etib borishimizni 13:30da qaytshimiz kerak deydi. Bir gapda avval ish kegin ibodat dedi, bir ishni joyiga qo‘yib kegin namoz o‘qinglar, ishni oxirigacha qilinmasdan namozni qanday qilib o‘qiysizlar deydi. Jamoa ichida o‘ziga aytmadigu oradagi gapda uni noto‘g‘ri gapirishini aytib o‘tdik va o‘zimizni yo‘ldan borishda davom etdik. Biz qanday yo‘l tutayliq yoki bu qiyomat alomatlarimikin? Qiyomatning alomati dunyo iymonsizlar qo‘liga o‘tadi deb eshtudim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh farz qilganga hech kimni qarshi chiqishi to‘g‘ri emas. Qarshilik qilsa ham e’tibor qilinmaydi. Sizlar jumaning sunnatini o‘qiboq tezda chopib ishga kelinglar. Namoz farz deb tahoratga yarim soat orqasidan zikrlarga yarim soat qilib o‘tirmanglar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar