Qaynotaga uch taloqsan desa

Assalomu alaykum! Men ayolim bilan janjallashib qoldim. Keyin ayolimning mazzasi qochib qoldi uyiga olib borgan edim. Dadasi(yani qayni otam) ko‘rib jaxli chiqib menga tashlanib ketdi. Keyn esa men qaynotamga qarab uch taloqsan deb yubordim. O‘sha vaqtda ayolim eshitganim yo‘q deyapti. Ayolim eshitmagan bo‘lsa ham taloq tushadimi? Jaxl ustida aytib yuborgandim, endi o‘zim afsus qilyapman, iltimos yo‘l yo‘rig‘ ko‘rsatingizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynotaga aytgan bo‘lsangiz zarari yo‘q. Ammo ayolingizni qasd qilgan bo‘lsangiz uch taloq tushgan. Uch taloqsan deganda xayolingizda nima bo‘lgani o‘zingizga havola. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar