Taksistning namozi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, meni bir amakim Moskvada taksist bo‘lib ishlaydi va mendan namoz o‘qish haqida so‘rab berishni iltimos qildi. Savol shunday, “men taksist bo‘lib ishlayman namoz vaqti bo‘lganda namozni mashinani ichida o‘qisam bo‘ladimi? Ya’ni namoz o‘qishga joy bo‘lmagan vaqt. Bir xil vaqtlar joy topsam o‘qib olaman, joy topolmasam mashinada o‘tirib o‘qib olsam bo‘ladimi?” Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mashinada o‘qilgan namozda 2ta farz topilmaydi. Ya’ni qiyom va qibla. Bu 2 farz topilmagani uchun namoz durust bo‘lmaydi. Shuning uchun pastga tushib biror joy topib o‘qib olish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:46 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar