Kassa ( Pul ) omonatmi?

Assalomu alaykum! Bir odamni qo‘lidagi qanchadir miqdordagi pul, boshqa odamga tegishli. Misol uchun, do‘stlarni orasida kassa yigimi, yoki magazin, firma va boshqa turdagi kunlik, oylik pul yigimi. Shu pulga bir odam ma’sul, lekin pul o‘ziniki emas, ya’ni uni asl egasi boshqa. Savol: 1. Shu ma’sul odam, manashu puldan ishlatib turishi, yoki ichidagi yirigini maydaga almashtirishi, maydasini yirik qilishi qanchalik mumkin? Bu qilgan ishida pulni qiymati emas, uning yirik, mayda, yoki eski yangisi o‘zgaradi, yoki ishlatib qo‘yib, egasiga borguncha yana o‘rniga qo‘yib qo‘yadi. 2. Xozrda men bilan bo‘layatgan voqea, dollar berishi kerak bo‘lgan odam, dollarni o‘sha kundagi qiymatini beryapti, va men uni o‘zimdagi dollarga almashtirib, kassa oluvchiga beryapman. kassa oluvchiga hechqanday ziyon yo‘q. Shu ishim omanatga hiyonat emasmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Mayda yirigligi aslida shariatda uning qiymatini tushirmagani uchun zarari yo‘q. Lekin sheriklari nozik, mayda narsalarga ham e’tibor beradigan kishilar bo‘lsa, uni ham qilmagani afzal. O‘rniga qo‘yib qo‘ysa ham, so‘ramasdan ishlatishi joiz emas. Bu omonat mablag‘lar. Omonatni egasidan so‘ramay ishlatib bo‘lmaydi. Hozir moliyaviy muammolarni ko‘pi shundan kelib chiqyapti.2). So‘ramay almashtirmang. Qanday kelsa, shunday bering. Ana shu haqiqiy omonatdorlik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:30 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar