Hammualliflik huquqi
Assalomu alaykum! Men bundan ancha yillar avval bir kitob yozishni maqsad qilgan edim. O‘sha vaqtda bir hamkasbimga “Agar kitobning matnini terib bersangiz, sizni hammauallif qilib olaman”, degan edim. Kitobni o‘sha vaqtlarda tayyorladik, hamkasbim uni komputerda terib berdi. Lekin uni ayrim sabablarga ko‘ra chop eta olmagan edik. Yaqinda men uni chop etishga qaror qildim, kitobga taqriz va uni chop etish uchun institutning qarorini ham oldim. Bilishimcha kitobning matnini komputerda terish texnik ish bo‘lib matnni tergan odam hammuallif bo‘lishga haqli emas ekan. Buni taqrizchi ham taqrizida aytib o‘tgan. Shunga qaramay men avval hamkasbimni hammuallif qilib olaman deb aytib qo‘yganim uchun uni kitobga hammuallif qilib yozdim. Kitob inshaalloh ikkalamizning hammuallifligimizda chop etilyapti. Endi men kitob ustida ishlab uni yangi materiallar bilan va yangi mavzular bilan boyitib uni yana chamasi 100 betlarga kengaytirmoqchiman va keyingi nashrini faqat o‘zimning muallifligimda chop etmoqchiman. Bu 100 betni o‘zim terib chiqaman va bu qismda hamkasbimning hissasi yo’q. Buni hamkasbmga aytsam, u bundan noroziligini, kitobning keyingi nashrida ham uning haqqi borligini aytdi. Savolim shundayki, dinimiz nuqtai nazaridan hamkasbim kitobning 100 betlarga kengaytirilgan keyingi nashriga ham hammuallif bo‘lishga haqlimi? Yoki agar hamkasbimning mehnatini pul bilan to‘lash mumkin bo‘lsa, bu pul miqdorini qanday hisoblasak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherigingizdan so‘rang. Oldingi terib berganiga haq bering. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 185 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherigingizdan so‘rang. Oldingi terib berganiga haq bering. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 185 | Moliya va tijorat