It xususida

Assalomu alaykum! Ayrim kishilar “kimning uyida it bog‘langan tarzda tursa, u uyga farishtalar kirmaydi” deyishadi. Ayrimlari esa “umuman it bor uyga farishtalar kelishmaydi” deyishadi. Men 2 o‘rinda it boqishga ruxsat berilganini bilaman. Nega mushuk emas yoki biror bir qush emas, aynan it bor joyga farishtalar kelmaydi? Farishtalar it bor joyga kelmasligining hikmati nima?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abu Talha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Farishtalar surat va it bor uyga kirmaydilar” deganlar. (Buxoriy rivoyati).
Hikmati, itlar odatda najosatxo‘r bo‘ladi, itlarning ba’zisini hadislarda shayton deb ham nomlangan. Itlarda bir hid bo‘lib, farishtalar undan ozorlanadilar. (“Navaviy” Muslim sharhi). Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar