Pullik olimpiada

Assalomu alaykum! Mening matematika o‘qituvchim sayt ochib onlayn olimpiadalar tashkil qilgan. Olimpiadada qatnashish pullik, keyin esa g‘oliblarga medal va diplomlar beriladi. Menimcha pul berilmaydi. Ustozlar bu ham qimorga kiradimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar