Uylanish harommi?
Assalomu alaykum! Hayotimizdagi bir hodisa yuzasidan shariatimiz hukmini bilish uchun bezovta qilyapmiz. Bir yigit bir qizga uylanmoqchi. Qizga ko‘ngli bor. Lekin orada bir voqea bo‘lgan. Haligi qizning onasining suratini yigit ijtimoiy tarmoqda ko‘rgan. Suratni ko‘rganida suratdagi kishi uylanmoqchi bo‘lganining onasi ekanligini yigit bilgan holda u ayolga nisbatan shaytoniy fikr kelgan va shahvati qo‘zigan. Ammo shahvati tashqariga chiqmagan. Keyin o‘zini tiyib boshqa u ayolga ya’ni uylanmoqchi bo‘lgan qizning onasiga shahvat bilan qaramaslikka harakat qilgan. Eshitishimizcha, u qizga uylanish yigit uchun endi harom. Shu hukm to‘g‘rimi. Shariatimizda bu holda qanday hukm mavjud? Yigit endi qizga bir umr uylanolmaydimi? Ularga bir-biri bilan oila qurish harom bo‘ldimi? Yo tavba qilgan holda, boshqa bunday xayolga bormaslikka harakat qilishi, qizga esa uylanishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bazi ulamolar qarash bilan hurmati musohara sobit bo‘lmaydi degan. Sobit bo‘ladi deganlar qattiq shar aytishgan, uylanmoqchi bo‘lgan qizning onasini farjiga qarab shahvati qo‘zg‘algan bo‘lsa o‘sha ayolni qizi harom bo‘ladi deyishgan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush