Qachon qasr hisoblanadi?
Assalomu alaykum! Men Jizzax shahrida turaman ya’ni ota-onamni uyi doimiy yashash joyimiz Jizzaxda! Hozir Toshkentda o‘qiyman talabaman shu bilan birga ishlayman ham doimiy ishim mavjud, kelajakda ham Toshkentda qolish niyatim bor! Har hafta imkonim bo‘lgandan shanba va yakshanba kuniga uyimga borib kelishga harakat qilaman ba’zida ketaman ba’zida oylab ham bora olmay qolaman ishim o‘qishim sababli! Men namozlarimni qasr qilib o‘qishim kerakmi? Va qachon qasr qilib o‘qiyman Jizzaxga borganimdami yoki Toshkentda vaqtimmi? 15 kundan ko‘p yuraman aniq deb ayta olmayman uydan chiqib ketayotganimda, shunga aniqlik kiritib bering iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Jizzax shahrida turaman” deb yozibsiz. Shuning o‘zi sizning vataningiz o‘sha shahar ekanini bildirib turibdi. Toshkentga 15 kun yoki undan ko‘proq vaqt turishni niyat qilmasangiz ushbu shaharda musofir hisoblanasiz va namozlarni qasr o‘qiysiz. Jizzaxda esa doim muqim hisoblanasiz va namozlarni to‘liq o‘qiysiz. Vallohu a’lam!
4 Sentabr 2023, 23:37 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar