Musofirni namozi

Assalomu alaykum! Men O‘zbekistondan Moskvaga o‘z engil mashinamda bir xafta uzog‘i o‘n kunda uyga qaytaman deb niyat qilib safarga chiqqandim, pandemiya sabab uch oydan beri rus o‘lkasida qolib ketdim, vatanga qaytishni iloji bo‘lmayapti chegaralar berk, qachon ochilsa shunda qaytaman inshaallax, lekin chegaralar qachon ochilishini bilmayman, ikki oyda ochilib qolishiga umid qilib farz namozlarni qasr o‘qidim, bir oydan beri to‘liq o‘qiyapman, savolim shu namozlarni qasr o‘qiymi yoki to‘liq? Safarga uzog‘i o‘n kunni niyat qilgandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 15 kecha-kunduz turishingiz aniq bo‘lsa namozlarni to‘liq o‘qing. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 191 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar