Zakot nisobidagi qarzidan zakot berish

Assalomu alaykum! Adashmasam zakotning nisobi: bir yillik daromadi 85gr oltin bo‘lsa, u insonga shu daromadidan 1/40 qismini berish kerak ekan. Aytaylik, menda 150gr oltin qiymatida daromad bor. Lekin bir muxtoj tanishim uncha pulim borligini bilib qarz so‘radi, men berdim. Lekin u, yil tugayabdi, qarzni uzishga imkoni yo‘q. Menda esa (150:40=3,75gr) miqdorda pul yo‘q. Bunday xolatda, shu zakotimni uzishim shartmi yoki shart emasmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir yillik daromad emas butun molining qiymati shuncha gramm oltin qiymatiga etsa zimmasiga zakot vojib bo‘ladi. Qo‘lingizga tekkanida qirqdan birini ajratasiz. Har qo‘lingizga tekannining qirqdan birini berib tursangiz yanada osonroq bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:51 | Savol-javoblar | 171 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar