Bomdod qazomi?
Assalomu alaykum! Bir necha kun avval bomdod chiqib ketishiga 6 daqiqa qolganda uyqudan turgan edim. Tezda borib tahoratning faqat farzlarini bajarib bomdodni o‘qidim. O‘sha kuni bomdod namozi 6:36 da tugagan edi. Namozning faqat farzini o‘qib bo‘lgach vaqtga qarasam, soat 6:36. Bir savolga javobda siz azizlar 1 daqiqa qolguncha namozni o‘qish mumkin degan edingizlar. Savolim, bomdod qazo bo‘ldimi? Qaytadan niyat qilib ado etaymi? Shuningdek, shu mavzuga doir yana bir masalaga duch kelgan edik 2). Bomdod namozi qazo bo‘lsa, peshin kirgunga qadar sunnatini qazosini ado etish kerak ekanligini bilamiz. Hadis va hayot kitobida, bomdod namozi qazo bo‘lgach payg‘ambar alayhissalom ashoblari bilan boshqa erga ko‘chib namoz ado etganliklari va xazrati Bilolga ikki marta azon ayttirganlari aytilgan. Endi, hazrati Bilol ikki martta azon aytdilar. 1) Shu o‘rinda, biz ham sunnat uchun bir azon, farz uchun bir azon aytamizmi? 2) Agar aytadigan bo‘lsak "As-solatu xoyrun minan navm" ni ham aytamizmi? 3). Ammo biz boshqa erga ko‘chib o‘tmasligimiz qanday baholanadi? Ya’ni payg‘ambar alayhissalotu vassalamga o‘xshab boshqa erga o‘tmasdan o‘sha uxlab qolgan xonadonda namoz o‘qiymiz, shu qanchalik durust?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ehtiyotan qazosini o‘qib olavering. 2). Ikki azon degani biri azon biri iqomat degani. Aytilmaydi. 3). Durust. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ehtiyotan qazosini o‘qib olavering. 2). Ikki azon degani biri azon biri iqomat degani. Aytilmaydi. 3). Durust. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 186 | Namoz