Dizaynerlik bo‘yicha programmalar

Assalomu alaykum! 2 yildan beri grafik dizaynerlik bilan shug‘ullanaman va bir savol meni qiynaydi. Grafik dizaynerlik standarti bo‘lgan ”Adobe” dasturlari juda qimmat (54,99$ bir oyga, 19,99$ talabalar uchun bir oyga ) Bu pul doimiy ravishda echiladi. Ya’ni har oy avtomatik tarzda pul sarflanadi. Savolim shundan iboratki bu dasturlardan bepul (o‘g‘irlik) tarzda foydalanish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘irlik yo‘li bilan bo‘lsa foydalanmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar