Payg‘ambarga xaqorat

Assalomu alaykum! Xozirda musulmon ahliga aniqrog‘i payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan haqorat yuzasidan savol bermoqchiman. Ko‘pchilik Frantsiya prezidentining suratlarini printerda katta qilib chiqarib poyondoz qilishyapti ko‘pchilik musulmon davlatlar uni mahsulotlariga boykot e’lon qilishyapti va shu orqali o‘z g‘azablarini ko‘rsatishyapti va bu ishlar ijtimoiy tarmoqlarda ham davom etmoqda. Albatta rasulullohga qilingan haqorat kechirilmaydi haqiqiy musulmon uchun bu eng yomon haqorat shaxsan men uchun ham shunday vaziyatda qanday yo‘l tutishimiz kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri vositalar bilan himoya qilishimiz kerak. Eng to‘g‘risi sunnatga yanada ham qattiqroq bog‘lanish. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 09:34 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar