Ayol kishi ham qurbonlik qilsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men ayol kishiman Allohga shukur namoz o‘qiyman ro‘za tutaman. Islom qoidalariga amal qilishga harakat qilaman. Savolim ayol kishi ham o‘zi yiqqan pulidan qurbonlik qilishi mumkinmi? Islomda bunga nima deyilgan? Iltimos tushuntirib bering. Ayol kishini qurbonlik qilishi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman. InshAlloh man ham qurbonlik qilmoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!m Albatta mumkin. Ayol kishi nisob egasi bo‘lsa, zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. U o‘z pulidan qurbonlik qiladi. Agar naqd puli bo‘lmasa eri yoki boshqalardan olib yoki taqinchoqlaridan sotib qurbonlik qiladi. Yoki er ayolning ijozati bilan uning tarafidan qurbonlik qiladi. Agar er ayolining nomidan qurbonlik qilishga ijozat olmasa yoki uni xabardor qilmasdan so‘yib yuborsa, ayolning qurbonligi ado bo‘lmaydi. Fatavoyi Olamgiriyada “Kishining zimmasiga balog‘atga etgan farzandlari va ayoli tarafidan qurbonlik qilishi vojib emas. Lekin ijozat bersalar joiz” deyilgan. O‘zi hayvonni sotib olishga qodir bo‘lmasa biror kishini o‘zi nomidan vakil qilishi ham mumkin. Masala: Qurbonlik qilishda o‘zidan boshqasini vakil va noib qilish joizdir. Agar bir kishi boshqa odamni qurbonlikka vakil yoki noib qilsa, jonivorni sotib olish va so‘yish vaqtida vakil yoki noib qurbonlikni niyat qilishi kifoya qiladi.Masala: Safardagi kishi biror yurtda o‘n besh yoki undan ortiq kun muqim bo‘lib qolib, telefon yoki biror vosita orqali o‘z yurtidagi kishini meni nomimdan qurbonlik qilgin deb vakil qilsa, vakilning qurbonligi uning nomidan o‘tadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 189 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar