Aktsiyalar

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar. 1-savol. Shu saytda bir savolga ko‘zim tushgan edi. Xozir uni topa olmadim. To‘liq matni esimda yo‘q. Mazmuni quyidagicha. Bir ichimlikni sotib olib uni qapqoqni otidagi kodni qaysidir raqamga jo‘natilsa va jo‘natilganlik uchun telefonim xisobidan 300so‘m(aniq esimda yo‘q qanchadir mablag‘ echib oladi kompaniya) bu o‘sha ichimlikni sotib olganimni bildiradi va mening raqamim ularga boradi va aksiya ishtirokchisiga aylanaman.Adashmasam shunday savol edi.. JAVOB. joiz emas. Degan edingiz. Va shundan keyin buni joiz emas deb o‘yladim . Keyin ushbu savolga ko‘zim tushdi. Hozirgi kunda xar xil aktsiyalar avj olib kelmoqda, ularni turlari ko‘p. Misol uchun Pepsi ichimligi, uni sotib olib qopqoq tagidagi yashirin kod yoki ismlarni yig‘ib kerakli raqamga jo‘natsa o‘sha odamga futbolka, kepka, mobil telefon shunga o‘xshash narsalar shu aksiyalarda ishtrok etish bu qimorning bir turiga kiradimi? «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: - Va alaykum assalom! Kirmaydi Shuni orasidagi farqni ilmsizligim uchun tushunmayapman.1-savolga joiz emas 2-savolga joiz deb javob berilgan. Savol esa bir xil dek go‘yo. Orasidagi farqni tushuntirib beringlar iltimos. Xozirgi kunda shunday o‘yinlar ko‘payib ketti. 2-savol. Agar telefonimga oynak qo‘dirmoqchi bo‘lsam va ustaga agar oynakni tekis qo‘ysangiz 10ming so‘m agar notekis qo‘ysangiz 7ming so‘m beraman deb savdolashsam joizmi. Alloh barchamizga manfaatli ilm bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchisi to‘g‘ri. O‘sha yutuqlarni yutib olish maqsadida olinsa joiz emas. Mabodo to‘g‘ri kelib qolib yutuq olsa joiz. Chunki birinchisida ichimlik olishdan maqsad yutuqqa ega bo‘lish hisoblanadi. O‘sha 300 so‘m tikish ham qimorga pul tikish hisoblanadi. Maqsad yutib olish ham ems pul tikish ham emas bo‘lsa joiz. Buyurtmachi xunarmandga bugun yasab bersang ikki tanga, ertaga yasab bersang bir tanga degan shartni qo‘ysa joiz deyilgan. shoyad shunga tushsa. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar