UNIRED kartalari
Assalomu alaykum! Kredit olish, foiz bilan ishlash xarom ekanligidan xabarim bor. Uzbekistonda xali Islom moliyalash tizimi kirib kelmadi, InshaAlloh bu xam buladi degan umiddaman. Taksit savdosi bilamizki insonlarga biror kimmatrok buyumni olishga engillik yaratadi, ammo bu borada ilmim kamrok bulgani uchun sizlardan kushimcha ma’lumot olmokchi edim. Uzbekistonda Universal Bank "UniRed" kartalarini joriy kilgan. Bu karta foydalanuvchining oylik maoshiga karab limit kilib mablag beriladi, bu kartadan Bank tomonidan tasdiklangan dukonlardan xarid kilsa buladi, kartadagi pulni oyma oy davomida tuldirib yurish kerak (ishlatilgan kismini tuldirish kerak). Bank ishlatilgan pulga foiz kuymaydi, lekin karta orkali sotib olinaetgan tovarning narxi, nakd pulga olinganga karaganda biroz kimmatrok buladi. Masalan nakd pulga 1 million sumga olinadigan tovar 1 million 200 mingga sotiladi. Bank uz foydasini dukonlardan oladi. Shuni takidlash joizki, bank bergan mablagini uz vaktida olishni xoxlaydi, ofertada uz vaktida tulash kerakligi va uz vaktida tulanmagan xolda Bank shtraf (penya) tulashni talab kilish xukukiga ega.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Naqdga 1 milion nasiya yoki bo‘lib to‘lashga 1 million 200 ming bo‘lishi joiz. Ammo siz aytgandek 1 mln so‘mlik tovarni 1 million 200 mingga sotilishi noto‘g‘ri. Chunki do‘konlar bankka beradiganini o‘z foydalaridan berishlari kerak. Sizlarni ya’ni karta egalari ustiga yuklamaslik kerak. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat