Noqonuniy narsalarni sotib olish joizmi?
Assalomu alaykum! Bir yaxshi kitob bor. U kitob juda topilishi qiyin kitoblardan biri. U kitobni bir nashriyot bir yilda bir martta chop etib sotadi. Kitob juda tez sotilib ketadi. Boshqa paytlarda u kitobni topib bo‘lmaydi. Yaqinda kitob do‘konida o‘sha kitobni ko‘rib qoldim. U kitobni olib ko‘rsam asli emas ekan. Yani kimlardur, o‘sha kitobdan nusxa ko‘chirib, juda sifatsiz holatda chop etib, ikki barobar qimmatga sotyapti. Nashriyotni nomidan sotyapti. Nashriyotdan aniqlashtirsam ular xozirda bu kitobni savdoga chiqarmaganini aytdi. Shu kitobni xarom yo‘l bilan sotayotganligi ma’lum bo‘ldi. Savolim quyidagicha: O‘sha kitob noqonuniy sotilayotganini bilib turib sotib olish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha kitobni asli kimda bo‘lsa olib nusxa ko‘chirib olib foydalanishingiz mumkin. Nusxa ko‘paytirish hozirgi kunda qiyin ish emas. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 10:40 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat