Nomozda bosh kiyim

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bosh kiyim kiymasdan nomoz o‘qisa sunnatni tark qilgan bo‘ladi. Agarda bir kishi nomoz o‘qiyotgan payti bosh kiymi bo‘la turib qasddan kiymasdan o‘qisa makruh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kishiga odatda kiyib yurgan bosh kiyimini kiyib namoz o‘qish sunnatdir. Lekin bu sunnat namozning sunnati emas. Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odatiy sunnatlaridan biri hisoblanadi. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:27 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar